Geopandasdan foydalanish va qatlamlarni o'qish

12-Yanvar 2025     Baxtiyor     119     GIS-Python
Python Geoma'lumotlar Vizaulizatsiya Geopandas Xarita
Geopandasdan foydalanish va qatlamlarni o'qish - gisdev.uz

Geopandasdan foydalanib qatlam ma'lumotlarini ko'rib chiqamiz va vizualizatsiya qilamiz.

Kodlarni yozish uchun kompyuteringizda python dasturlash muhiti o'rnatilgan bo'lishi kerak. Kod yozish uchun Jupiterdan foydalanish tafsiya etiladi.

Geopandas kutubxonasini o'rnatib olamiz

pip install geopandas

 

Kod yozish uchun yangi fayl yaratamiz: app.ipynb va geopandasni import qilamiz

import geopandas as gpd

 

Viloyatlar chegarasi ma'lumotlarini url manzil orqali o'qib olamiz.

Fayl manzili: https://raw.githubusercontent.com/baxtiyor-gis/python_geopandas_data/refs/heads/main/uzbekistan_regions.json

Geopandas orqali qatlamni o'qish uchun geopandasning .read_file() metodidan foydalanamiz

regions = gpd.read_file("https://raw.githubusercontent.com/baxtiyor-gis/python_geopandas_data/refs/heads/main/uzbekistan_regions.json")

 

regions ni ma'lumotlarini quyidagi fukssiya va metodlar orqali ko'rib chiqsa bo'ladi:

 

.head() - qatlam ma'lumotlarini ko'rish (boshidagi 5 ta obyektni ko'rsatadi)

regions.head()

 

    Ko'rib turganingizday qatlamni atribut jadvallarini ko'rinib turipti.

.crs - qatlam koordinata ma'lumotlarini ko'rish

regions.crs
<Geographic 2D CRS: EPSG:4326>
Name: WGS 84
Axis Info [ellipsoidal]:
- Lat[north]: Geodetic latitude (degree)
- Lon[east]: Geodetic longitude (degree)
Area of Use:
- name: World.
- bounds: (-180.0, -90.0, 180.0, 90.0)
Datum: World Geodetic System 1984 ensemble
- Ellipsoid: WGS 84
- Prime Meridian: Greenwich

 .columns - qatlam atribut ustunlarini ro'yxatini chiqarib beradi

regions.columns
Index(['FID', 'ADM0_EN', 'ADM0_RU', 'ADM0_UZ', 'ADM0ALT1EN', 'ADM0_PCODE',
       'ADM1_EN', 'ADM1_RU', 'ADM1_UZ', 'ADM1TYPE_E', 'ADM1TYPE_R',
       'ADM1TYPE_U', 'ADM1_PCODE', 'geometry'],
      dtype='object')

 

Dema endi vizualizatsiyani ko'rib chiqamiz.

Qatlamni vizualizatsiya qilish uchun .plot() metodidan foydalanamiz

regions.plot()

 

Ko'rib turganingiz qatlam ma'lumotlarini xaritada ko'rinishi endi viloyatlarga alohida rang berib ko'ramiz. Buning uchun .plot() metodi ichiga columns parametrini kiritamiz. yani ADM1_UZ atribut ustuni bo'yicha turli xil ranggda ko'rsatamiz

regions.plot(column='ADM1_UZ')

 

 

Bo'limlar
Teglar