Geoaxborot tizimi - geografik ma'lumotlarni to'plash, saqlash, tahrirlash, tahlil qilish va vizualizatsiya qilishga mo'ljallangan tizimdir. Bu tizim geografiyaga asoslangan ma'lumotlarni boshqarishda vaqtni va resurslarni tejashda muhim ahamiyatga ega. Undan tashqari geografik ma'lumotlarni o'rganish va ulardan foydalanish, joylashuvi, harakati va boshqa xususiyatlari to'g'risidagi ma'lumotlarni tahlil qilish uchun foydalaniladi.
Berilgan ma’lumotlar orqali xaritalar tuziladi, vizualizatsiya qilingandan so‘ng tahlil qilish yanada osonlashadi
Geoaxborot tizimining asosiy maqsadi - geografik ma'lumotlarni to'plash, saqlash, tahrirlash, tahlil qilish va vizualizatsiya qilish orqali bu ma'lumotlardan foydalanishdir.
Geoaxborot tizimining asosiy funksiyalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Geografik ma’lumotlarni to‘plash: qurilmalardan olingan ma’lumotlar, excel ma’lumotlari, qog‘oz kartalar, aerofotosuratlaridan va boshqa manbalaridan geografik ma’lumotlarni to‘playdi. Bu ma’lumotlar quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: nuqta (daraxt, avtobus bekati, stansiyalar), chiziq (yo‘l, daryo, chegara, aloqa liniyalari), maydon (bino,bog‘, uchastka, mahalla).
Geografik ma’lumotlarni tahlil qilish: geografik ma’lumotlar ustida turli tahlil usullarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ular orasida ma’lumotlarni filtratsiya qilish, statistik analiz, interpolyatsiya, modellashtirish, yo‘l va yo‘laklarni optimallashtirish, demografik tahlil va boshqalar kiritiladi. Bu tahlil usullari, geografik aloqalar va o‘zaro bog‘lanishlarni tushuntirish, muammolarni aniqlash va qarorlarni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.
Geografik ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish: geografik ma’lumotlarni qo‘llab-quvvatlovchi xaritalar, grafiklar, diagrammalar, animatsiyalar va boshqa vizual modellar yordamida tasvirlash imkonini beradi. Bu, ma’lumotlarni o‘qitish, yetkazib berish, strategik qarorlar qabul qilish va o‘zgarishlarni tasavvur qilishda foydalaniladi.
Ma’lumotlarni saqlash va boshqarish: ma’lumotlar bazalarida geografik ma’lumotlarni saqlash, boshqarish va ulardan foydalanish imkonini beradi. Ma’lumotlar bazasining asosiy qismi geografik ma’lumotlar bazasi bo‘lib, u ma’lumotlarni shakllantirish va ulardan foydalanishda qo‘llaniladi.
Ma’lumotlarni xaritada vizualizatsiya qilishga oid bir necha usullar
Geoaxborot tizimi ma’lumotlar bazalarini o‘z ichiga oladi va ularda geografik ma’lumotlarni saqlaydi. Har bir obyektning geografik joylashuv koordinatalarini va obyektga tegishli bo‘lgan xususiyatlari bo‘ladi . Obyektlarning geografik joylashuv koordinatasi jamlanmasi - geometriya, xususiyatlari esa atribut deb ataladi
Geoaxborot tizimi geografik ma’lumotlarni xaritalash va vizualizatsiya qilishda ham muhim ahamiyatga ega. Xaritalash usullari va vizualizatsiya, ma’lumotlarni grafiklar, diagrammalar, xaritalar, matnlar va boshqa vizual elementlar yordamida tasvirlashga yordam beradi. Bu tizimlar geografik ma’lumotlarni tahlil qilish, ulardan foydalanish va ulardan olingan natijalarni sodda va qulay usulda taqdim etishga imkon beradi.
Geoaxborot tizimlarining asosiy komponentlari quyidagilar:
Geoaxborot tizimi turli sohalarda keng qo'llaniladi. Quyidagi sohalarda geoaxborot tizimini qo'llanishini ko'raylik:
Bu faqat bir nechta misollar, va geoaxborot tizimi turli sohalarda qo'llaniladi