ArcMap va Python yordamida Ob-havo xaritasi tayyorlash

10-Yanvar 2025     Baxtiyor     151     GIS-Python
ArcMap Python ArcPy Tahlil Xarita
ArcMap va Python yordamida Ob-havo xaritasi tayyorlash - gisdev.uz

    Ushbu videoda Python dasturlash tili imkoniyatlaridan foydalangan holda ob-havo xaritasini tayyorlash jarayonini bosqichma-bosqich ko'rib chiqamiz. Ob-havo ma'lumotlarini olish uchun dunyoga mashhur openweathermap.org platformasi ma'lumotlar bazasidan foydalanildi. Ushbu platforma real vaqtdagi ob-havo sharoitlari, harorat, namlik darajasi, shamol tezligi va boshqa ko'rsatkichlar bo'yicha keng imkoniyatlarni taqdim etadi.

    Videoda yig'ilgan ma'lumotlar ArcMap dasturiy ta'minoti va Python dasturlash tili yordamida qayta ishlanib, xarita shaklida vizualizatsiya qilindi. Arcpy kutubxonasi orqali ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash va xarita yaratish imkoniyati ko'rsatib berildi. Ushbu jarayon orqali nafaqat Pythonning imkoniyatlari, balki ArcMap dasturida arcpy vositasini samarali qo'llash haqida ham foydali bilimlarga ega bo'lasiz.

Mazkur loyiha Python va GIS texnologiyalari integratsiyasining amaliy misoli bo'lib, ob-havo sharoitlariga oid ma'lumotlarni vizualizatsiya qilishni o'rganmoqchi bo'lganlar uchun juda foydali bo'ladi.

 

 

Bo'limlar
Teglar