ArcGIS Pro Onlayn video kurs

28-Avgust 2025     Baxtiyor     65     ArcGIS Pro
ArcGIS Pro Video dars
ArcGIS Pro Onlayn video kurs - gisdev.uz

Geografik axborot tizimlari (GIS) bugungi kunda turli sohalarda — shaharsozlik, transport, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, geologiya va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda — muhim ahamiyat kasb etmoqda. GIS dasturlar ichida ArcGIS Pro esa o‘zining kuchli funksiyalari, qulay interfeysi va keng imkoniyatlari bilan yetakchi o‘rinda turadi.

Agar siz GIS sohasiga endi kirib kelayotgan bo‘lsangiz yoki mavjud bilimlaringizni yanada chuqurlashtirmoqchi bo‘lsangiz, ArcGIS Pro Onlayn Video Kursi aynan siz uchun.


ArcGIS Pro ning GIS sohasidagi o‘rni

ArcGIS Pro – bu Esri kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy, professional GIS dasturi. U yordamida:

  • Har xil geografik ma’lumotlarni yig‘ish, tahrirlash va boshqarish;

  • Fazoviy tahlillar o‘tkazish;

  • Xaritalarni yaratish va ularni vizual tarzda ifodalash;

  • Statistik va analitik hisobotlarni tayyorlash mumkin.

Bugungi kunda GIS mutaxassislari uchun ArcGIS Pro ni bilish ish bozorida katta ustunlik beradi, chunki ko‘plab davlat idoralari, xususiy kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar ushbu platformadan foydalanadi.


ArcGIS Pro Onlayn video hursi haqida

Mazkur kurs GIS sohasida yangidan boshlayotganlar ham, biroz tajribaga ega bo‘lganlar ham uchun mo‘ljallangan. Kurs orqali siz ArcGIS Pro dasturining barcha asosiy imkoniyatlarini bosqichma-bosqich o‘rganasiz.

📌 Kursning asosiy afzalliklari:

  • Darslar onlayn tarzda, Telegram orqali taqdim etiladi;

  • Istalgan vaqtda darslarni ko‘rib, amaliyot qilishingiz mumkin;

  • Telegram guruhida ustozlar barcha savollaringizga javob beradi;

  • Loyihalar asosida amaliy mashg‘ulotlar.

📅 Davomiyligi: 4 oy (har oyda 12 ta video dars)
💰 Narxi: 2 mln so‘m (to‘liq 4 oylik)
📱 Aloqa: @geoinfouz_admin
📢 Batafsil: @arcgisprouz


Kurs Rejasi

1-oy: Asoslar

  • ArcGIS Pro dasturi haqida umumiy tushuncha;

  • Dasturni o‘rnatish va yangi loyiha yaratish;

  • Qatlamlar bilan ishlash;

  • Oddiy xaritalar tayyorlash;

  • Internet va ArcGIS Online ma’lumotlaridan foydalanish;

  • Shape fayl va raster bilan ishlash.


2-oy: Ma’lumotlar bilan ishlash

  • Geoma’lumotlar bazasi yaratish va boshqarish;

  • Jadvallar bilan ishlash, Calculate Geometry;

  • Aholi soni va transport xaritalarini tayyorlash;

  • Qatlamlarni turli usullarda tasvirlash;

  • Nuqtali qatlamlarni interpolyatsiya qilish;

  • Yozuvlar bilan ishlash.


3-oy: Tahlil va Vizualizatsiya

  • Xarita komponovkasi, grid va legenda qo‘shish;

  • Layoutlar bilan ishlash;

  • Shartli belgilar yaratish;

  • Statistik diagrammalar tayyorlash;

  • ArcGIS Pro ning turli Analysis va Conversion asboblari;

  • Fishnet, feature to point kabi vositalar.


4-oy: Murakkab Amaliyotlar

  • LULC (Land Use Land Cover) xaritasini tayyorlash;

  • Ob-havo ma’lumotlarini tahlil qilish va xarita yaratish;

  • DEM (Digital Elevation Model) asosida 3D xaritalar tayyorlash;

  • Model Builder va Python skriptlar bilan ishlash;

  • Arcade Expression orqali avtomatlashtirish.


Kursda Tayyorlangan Xaritalarga Misollar

 

 

 

 

 

 


Xulosa

ArcGIS Pro dasturini o‘rganish – GIS sohasida professional rivojlanishning eng muhim qadamidir. Ushbu kurs orqali siz nafaqat dastur bilan ishlashni, balki haqiqiy loyihalar ustida ishlashni ham o‘rganasiz.

Bugunoq kursga yoziling va GIS mutaxassisi bo‘lish yo‘lingizni boshlang!

📱 Aloqa: @geoinfouz_admin
📢 Batafsil ma’lumot: @arcgisprouz

Bo'limlar
Teglar